Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasida joriy etilgan Kadastr agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish va «KOMPLAENS-NAZORAT» bo’limi vakant lavozimlariga tanlov bo’lib o’tdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʼgʼrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʼgʼrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 66-sonli qarori ijrosi yuzasidan xamda «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Аgentlik tizimida korruptsiya va boshqa huquq buzarliklarning oldini olish choralarini koʼrish, shuningdek, huquqni qoʼllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish maqsadida Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasida joriy etilgan Kadastr agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish va “KOMPLАENS-NАZORАT” bo’limi vakant lavozimlariga 2021 yil 07 iyun kuni tanlov oʼtkazildi.


Tanlovda Kadastr agentligi Komplaens-nazorat xizmati boʼlim boshligʼi – Shamansurov Baxtiyor Qaxramonovich tomonidan tanlov nomzodlariga test sinovlarini oʼtkazish tartibi xamda e’lon qilingan KOMPLАENS-NАZORАT xizmati toʼgʼrisida tushunchalar berib, xozirgi kunda Аgentlikning tarkibiy boʼlinmalarida, hududiy boshqarmalar, Davlat kadastrlari palatasi va idoraviy mansub tashkilotlarda ichki nazorat, korruptsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Аgentlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish va ularni minimallashtirish hamda profilaktikasini amalga oshirish asosiy vazifasi ekanligi toʼgʼrisida tushuntirib oʼtdi.


Tanlovda nomzodlarning korruptsiyaga qarshi kurshashining huquqiy asoslari, korruptsion xavf-xatarlarni aniqlash, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, qonunchilikka kiritilgan oʼzgartirishlar va Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar borasidagi bilimlari sinovdan oʼtkazildi. Tanlovda jami boʼlib 11 nafar nomzodlar ishtirok etdi.

Test sinovlarini oʼtkazishda teng huquqlik, shaffoflik va adolat prinsipida nomzodlar uchun alohida shart-sharoitlar yaratildi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan