Ko‘chmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqasiga berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Respublika ko‘chmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, respublika ko‘chmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz beriladi.

Respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.

Shuningdek, respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Pespublika ko‘chmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berilishi to‘g‘risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig‘i nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

Manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika

Ko‘chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).

Mazkur murojaatlarda respublika ko‘chmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko‘rsatilishi shart;

Pespublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;

Obyektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.

Manba: Huquqiyaxborot

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan