Viloyat hokimi yer bo‘yicha qarorini adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi

Prezident Farmoniga muvofiq yer ajratish va undan foydalanishda nazorat kuchaytiriladi, yaʼni:

  • tuman hokimlarining yer ajratish bo‘yicha vakolati to‘liq bekor qilindi (yerni biriktirish, farmoyish chiqarish, yerni ko‘chirish);
  • qishloq xo‘jaligi yeri ijarasi bo‘yicha ochiq tanlov yakunini viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadi, ijara shartnomasini (tuman hokimligi va g‘olib o‘rtasida) elektron shaklda tuziladi;
  • hokim qarorlarini “ye-qaror” axborot tizimida shakllantiriladi;
  • yerning joylashuv xaritasini “Innola” va “ArsGIS” dasturlarida shakllantiriladi,
  • yerga bo‘lgan huquq avtomatik tarzda kadastr ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
  • viloyat hokimining yer bo‘yicha qarorlarini adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;
  • hokimning ayni bir qarori bilan yoki bir vaqtning o‘zida
  • yer uchastkasini olib qo‘yish va boshqa shaxsga ajratishni taqiqlanadi;
  • yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlarni to‘plash va ko‘rib chiqish jarayonini “Ye-YERNAZORAT” axborot tizimi orqali yuritiladi;
  • kadastr, prokuratura, adliya organlari va hokimliklar tomonidan yer ajratish ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi;
  • yer sohasidagi huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni moddiy rag‘batlantiriladi.

Yer sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi. Xususan:

noqonuniy egallangan yerlar to‘g‘risida xabar bermaslik, ularda qurilgan imoratlarni kommunikatsiya tarmoqlariga ulab berganlik uchun yangi maʼmuriy javobgarlik kiritildi;

sug‘oriladigan yerlarda o‘zboshimchalik bilan qurilish qilgan shaxslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortiladi (amalda javobgarlik maʼmuriydan keyin belgilangan);

yer sohasida barcha maʼmuriy jarimalarni tayinlash vakolatini kadastr organlariga o‘tkaziladi;

yerni noqonuniy sotganlik uchun yangi jinoiy javobgarlik kiritildi.

Mazkur o‘zgartirishlar orqali quyidagi natijalar kutilmoqda.

yerlarni talon-taroj qilish, o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy sotish keskin kamayadi;

  • yerlar barcha uchun bir xil va shaffof tartibda ajratiladi;
  • yer bozor aktiviga aylanadi va moliyaviy oborotga kiradi;
  • yer ajratish tartibi yagona hujjat – Yer kodeksida belgilanadi;
  • yer sohasida davlat va jamoatchilik nazoratining samaradorligi ortadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan