Kadastr pasportini olish uchun qayerga murojaat qilish, uni rasmiylashtirish tartibi, qanday hujjatlar talab etilishi, qanday hollarda bepul va kadastr pasportini rasmiylashtirish muddati to’g’risida

Kadastr pasportini olish uchun qayerga murojaat qilishim kerak ?

Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlariga marzkaziga (DXM) o‘zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali murojaat qilishi kerak. Ular so‘rovnomani tegishligi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining xududiy filiallariga yuboradi. So‘ng kadastr filiali xodimlari joyiga chiqib o‘tlov ishlarini amalga oshiradi va to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnomani (invoys) DXMga, ariza beruvchi YAIDXP orqali elektron shaklda yuboradi. Talab etilsa obyekt manzilini belgilaydi yoki o‘zgartiradi.

Mutaxassislar obxekt murakkabligiga qarab, reglamentda ko‘rsatilgan muddatlarda kadastr pasportini tayyorlaydi.

DXM yoki YAIDXP xabarnomani ariza beruvchiga real vaqt rejimida yetkazadi.

Ariza beruvchi xabarnomada belgilangan to‘lovni amalga oshirgandan keyin DXM yoki YAIDXP tizimdan kadastr pasportini yuklab olib chop etib, uni ariza beruvchiga taqdim etadi.

Uni rasmiylashtirish tartibi qanday ?

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda:

Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘lganda. Ushbu 4.vaziyatda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi:

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda:

Yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda:

Ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgarganda:

Ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda:

O‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlarga mavjud bo‘lganda.

Qanday hujjatlar talab etiladi ?

Kadastr pasportini olish uchun quyidagi hujjatlardan biri taqdim etilishi kerak.

Oldi-sotdi, xadya, ayriboshlash shartnomalari

Davlat orderi

Hokimiyat yoki sud qarorlari

Auksion bayonnomasi

Qurilishi tugallanmagan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi

Ko‘chmas mulk ustav jamg‘armasiga berish shartnomasi yoki chiqarish shartnomasi

Qanday hollarda bepul bo‘ladi ?

Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar, yaʼni rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lmaganda

Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyekt ning qolgan qismiga yoki rekonstruksiya toifasiz o‘zgarganda

Kadastr yig‘majildi yo‘qolsa (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan)

I va II gurux nogironlari va ikkinchi jahon urishi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizni tashkil qiladi

Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirish muddati qancha ?

Ko‘chmas mulk obyektlarining turar-joyga oid qismi bo‘yicha kadastr pasportini olmoqchi bo‘lsa:

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha:

Yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha kadastr pasporti tayyorlab beriladi:

Agar ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha kadastr pasportini olmoqchi bo‘lsa:

Umumiy maydoni 100 ka.m.gacha – 5 ish kunida:

100 kv.m.dan 1 000 kv.m.gacha – 7 ish kunida:

1 000 kv.m.dan 5 000 kv.m.gacha – 10 ish kunida:

5 000 kv.m.dan 15 000 kv.m.gacha – 15 ish kunida:

15 000 kv.m.dan 50 000 kv.m.gacha – 20 ish kunida:

50 000 kv.m.dan ortiq – 25 ish kunida:

Ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha – 3 ish kunida.

Kadastr pasporti yoqolsa, yaroqsiz holatga kelgan bo‘lsa, qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan