Matbuot anjumanida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov, Sirdaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari A.O‘razbayev, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Maxarov so‘zga chiqib yuqoridagi Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Er munosabatlari sohasida adolatni taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish, inson omilining kamayishi, ortiqcha sarsongarchilikning oldini olish maqsadida endilikda elektron onlayn-auksion va ochiq tanlovga qo‘yish uchun yer uchastkalarini tanlash, kelishish, auksion va tanlovda ishtirok etish uchun murojaatlarni qabul qilish, auksion va tanlovni o‘tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar istisnolarsiz faqat elektron axborot tizimlaridan foydalangan holda, elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan amalga oshirilishiga ham alohida urg‘u berildi.

Matbuot anjumanida OAV, jurnalistlar, blogerlar, hamda fuqarolarni qiziqtirgan savollariga javob berildi va tushuntirildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan