O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2021 yil 1 avgustdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan ayrim 9 ta hujjatlar ro’yxati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi «YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH, YERGA BO‘LGAN HUQUQLARNI ISHONCHLI HIMOYA QILISH VA ULARNI BOZOR AKTIVIGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA«gi 6243-sonli Farmoniga asosan quyidagi hujjatlar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblanadi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi «Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5552-son Farmonining 2-bandi sakkizinchi xatboshisi, shuningdek 2-ilovasining 3-bandi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6186-son Farmonining 14-bandi “g” va “d” kichik bandlari.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3939-son qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 martdagi «Chorvachilik tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4243-son qarorining 5-bandi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4575-son qarorining 2-bandi 4-kichik bandi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5048-son qarorining 4-bandi “g” kichik bandi.

7. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi.

8. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 41-bandi.

9. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi «Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug‘orish, tayyorlash va saqlash bo‘yicha yengil konstruksiyali infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 167-son qarori.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan