Boyovut tumanida nogironligi bor ayolga bepul hujjat rasmiylashtirildi

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan xatlov moboynida Boyovut tumani yashovchi fuqaro Aripova.N yashayotgan xonadonini kadastr hujjatlari mavjud emasligi aytib, uyiga kadastr hujjatini shakllantirib berishida amaliy yordam so‘ragan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra fuqaro Aripova.N nogironligi bor boquvchisi yo‘q, 1 nafar depressiya kassaligi mavjud voyaga yetmagan farzandni onasi ekanligi aniqlandi.

Fuqaro Aripova.N ga nogironligi mavjud ekanligi hisobga olib kadastr hujjatlarini shakllantirishda ketadigan xarajatning 50% chegirmasi borligini aytib o‘tdi va DXA orqali kadastr hujjatlarini shakllantirishga ariza berishini so‘ralgan.

Fuqaro Aripova.N xozirgi kunda kadastr xujjatini shakllantirishda ketadigan xarajatni to‘lay olmasligini va xech qayerda ishlamasligini faqatgina pensiya puliga yashab kelayotganligini takidlab o‘tgan.

Bundan xabar topgan Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i, Boyovut tuman filial rahbarlari xomiy sifatida kadastr xujjatlariga ketadigan xarajatlarni qoplab bergan va xozirgi kunda Aripova.Nga kadastr xujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirib topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan