Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Alimjan Maxarov Sirdaryo viloyat aholisiga murojaati

•kadastr hodimi tomonidan alohida to‘lov, shuningdek muayyan hizmat ko‘rsatish talab etib, vakolat doirasiga kiritilgan funksiyalarni bajarish yoki bajarmaslik, shuningdek to‘liq bajarmaslik;

•bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov, shuningdek muayyan xizmat ko‘rsatish talab etish; •

•shaxsiy manfaatni ko‘zlab alohida to‘lov, shuningdek muayyan hizmat ko‘rsatish talab etilib, belgilangan tartibda bajariladigan so‘rovni navbatdan tashqari bajarib berish;

•pulli bajariladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda narxni xuquqiy asossiz, shuningdek o‘z manfaatini ko‘zlab o‘zgartirib bajarish;

•so‘rovlar bo‘yicha kadastr tomonidan tayyorlab beriladigan hujjatlarni o‘zgartirib (sohtalashtirish) berish va boshqa holatlarda;

•Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati tizimidagi xodimlarining xarakat yoki (xarakatsizligi)da turar-joy, bino va inshootlarga oid hujjatlarni tayyorlash, yer maydoni ajratish yoki olib berish,noqonuniy kadastr xujjatlarini tayyorlash, taʼmagirlik va korrupsiyaning har qanday ko‘rinishidan xabar topsangiz zudlik bilan ishonch telefonlarimizga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Murojaat qilgan shaxsning maʼlumotlari amaldagi qonunchilikga asosan sir saqlanadi va kadastrga oid masalangiz belgilangan tartib va muddatda rasmiylashtirib beriladi.

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Ishonch telefonlari:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi 1097

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i
97-275-11-00, 67-225-41-64

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i
97-901-59-09, 67-225-47-10

Aziz Sirdaryoliklar, hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizning murojaat va takliflaringizni qat’iy nazorat qilish maqsadida, Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi @Sirdaryokadastrbot telegram boti ishlab chiqildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan