Ayni damda atestatsiya

Bugun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining yangi ishga kabul kilingan hodimlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma bilan taʼminlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

📗O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilligining hududiy devonxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari attestatsiya komissiyasi aʼzolari sifatida ishtirok etmoqda.

📝 Qonuniylik, majburiylik, oshkoralik, xolislik va kollegiallik attestatsiyaning asosiy tamoyillari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz 2021 yil 19 aprel kuni Yer va kadastr nazorati bo‘limi inspektorlari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, bosh va yetakchi inspektorlari;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 noyabrdagi 920-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarni tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasisi huzuridagi Kadastr agentligi yer kadastri nazorat bo‘lim boshlig‘i, Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari komissiya aʼzolari sifatida ishtirok etib attestatsiyadan o‘tkazgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan