Kadastr pasportini olish uchun qayerga murojaat qilinadi?

🏢 Davlat xizmatlari markaziga(DXM) o‘zi kelib yoki

🌐 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali(YAIDXP) orqali murojaat qilinadi.

🏢 DXM yoki 🌐YAIDXP: So‘rovnomani tegishligi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining xududiy filialiga yuboradi.

KADASTR FILIALI:

📏📐📝 Joyiga chiqib o‘lchov ishlarini amalga oshiradi va to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnomani (invoys) 🏢 DXMga, ariza beruvchiga 🌐 YAIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

📍Obyekt manzilini belgilaydi yoki o‘zgartiradi (talab etilganda).

⏳💳 Reglamentda ko‘rsatilgan (obyekt murakkabligiga qarab) muddatlarda kadastr pasportini tayyorlaydi.

🏢 DXM yoki 🌐 YAIDXP: Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida.

👨🏻‍💼👩🏼‍💼 Ariza beruvchi: Xabarnomada (invoys) belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.

🏢 DXM yoki 🌐YAIDXP: Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan