Yerga bo’lgan huquqga qanday o’zgartirishlar kiritildi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli (https://lex.uz/docs/5450176#5455043) «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo’lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari» to’g’risidagi farmonining 2-bandiga asosan yerga bo’lgan huquq turlari 2021- yil 1- avgustdan boshlab 6 tadan 3 taga qisqartiriladi.

🔶 yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

🔶 meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo‘lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;

🔶 ijaraga olingan yer uchastkasida qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan ko‘chmas mulk obyektiga mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi;

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan