Hurmatli Sirdaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasidagi muammolaringizni o‘rganish va unga qonuniy yechim topish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev To‘lqin Mansurovich tomonidan Sirdaryo tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

🗓Kuni: 2021 yil 30 iyul, soat 10:00 da

📍Manzil: Sirdaryo tumani Yoshlik mahallasi Bahor to‘yxonasi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan