Kadastr agentligining “fuqarobay” ishlash tizimi orqali murojaatlar ijobiy hal etilmoqda


Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi va  Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo  viloyat boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning 239 ta  murojaatlari “fuqarobay” ishlash tizimi orqali murojaatlarni ijobiy hal etish yo‘lga qo‘yilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan «Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari» bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Davlat rahbari – «Vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart» ekanligini alohida taʼkidlab o‘tgan edi.

Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tuzulgan ishchi guruh hududlarda bo‘lib, kadastr sohasidagidagi tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash borasida mavjud muammolarning yechimi, fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishi yuzasidan murojaatchilarning murojaatlari takroran joyiga chiqilgan holda o‘rganilmoqda va bir qator sayyor qabullar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Boshqarma Axborot xizmati rahbari Sh.Primqulovning Review.uz muxbiriga xabar qilishicha hozirgi kunda Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning 239 ta murojaatlari “fuqarobay” ishlash tizimi orqali murojaatlarni ijobiy hal etish yo‘lga qo‘yilgan.

Yuqoridagi 239 ta murojaatlardan hozirgi kunda 49 tasi joyiga chiqib o‘rganilib ijobiy hal etildi. Qolgan 190 murojaat ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

Misol uchun, Sirdaryo viloyati Shirin shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘razaliyev.Sh «Qo‘shnisi tomonidan qurilgan garajni uchdan bir qismi unga tegishli bo‘lgan yer uchastkasidan o‘tib qurilganligidan norozi bo‘lib va ushbu holat yuzasidan qo‘shnisi bilan chegara maydonlariga aniqlik kiritib berish»ni so‘rab murojaat qilgan. Kadastr xodimlari ushbu murojaatni ijrosini taʼminlash maqsadida O‘razaliyev.Sh va qo‘shnisining o‘zaro chegaradosh hududlariga aniqlik kiritib berdi va hozirgi kunda qo‘shnisi bilan bo‘lgan kelishmovchliklar bartaraf etildi.

Yana shuni taʼkidlash kerakki har bir murojaat murojaatchining xonadoniga borilgan holda o‘rganiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan