Sirdaryoda yerdan noqonuniy foydalangan fuqaro o‘z xisobidan buzdirish ishlarini amalga oshirdi

Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani O‘zbekiston maxallasi xududida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino inshootlar Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Sayxunobod tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda ogoxlantirilgan edi.

Xozirgi kunda o‘zboshimchalik bilan yegallangan yer maydonida qurilgan binolar O‘zbekiston Respublikasi yer Kodeksining 91-moddasiga asosan fuqaro o‘z xisobidan buzdirish ishlarini amalga oshirgan.

Bundan tashqari Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Davlat kadastlari palatasi viloyat boshqarmasining iyul oyida qilingan ishlari yuzasidan hisobot.

1. Prezidentning «Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari» ijrosi bo‘yicha Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan tuzulgan ishchi guruxlar Sirdaryo viloyati hududi bo‘ylab, tadbirkor va fuqarolarning 239 ta murojaatlari (fuqarobay) ishlash tizimi orqali joylarga chiqib qayta o‘rganilib chiqilmoqda.

Tadbirkor va fuqarolarning 239 ta murojaatlaridan hozirgi kunda 77 tasi fuqarobay ishlash tizimi orqali joyiga chiqilgan holda ijobiy yakunlandi. Qolgan 162 murojaatlar o‘rganilmoqda.

2. Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi tuman shahar bo‘lim inspektorlari tomonidan aniqlangan yerga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar jami 244 ta

  1. Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holati bo‘yicha 238 ta. Yer qonun buzulish holatlari bartaraf etilishi 24 ta:
  2. Yerga bo‘lgan huquqini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik bo‘yicha 23 ta holat (5 mln 635 ming so‘m).

3. Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning iyul oyida 811 ta kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.

  • Bino va inshootlar bo‘yicha
  • Yakka tartibdagi uy-joylar — 497 ta
  • Kvartiralar — 109 ta
  • Noturar joy obyektlari — 125 ta
  • Yer uchastkalari bo‘yicha
  • Yakka tartibdagi uy-joylar — 57 ta
  • Noturar joy obyektlari — 48 ta
  • Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga mo‘ljallangan yerlar — 32 ta

4. Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning iyul oyida jismoniy va yuridik shaxslarning 862 ta ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Turar joylar bo‘yicha:

  • Yakka tartibdagi turar joylar — 394 ta
  • Xususiylashtirilgan kvartiralar — 257 ta
  • Yakka tartibdagi turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkalari — 67 ta
  • Noturar joylar bo‘yicha
  • Noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari — 135 ta
  • Noturar joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkalari — 9 ta

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan