Murojaatlar yangicha tizim bo’yicha o’rganiladi.

Hozirgi kunda tadbirkor va fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi a Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan tuzulgan ishchi guruhlar viloyatimiz bo‘ylab murojaatchilarning honadoniga borib o‘rganilib kelinmoqda.

Murojaatlarning aksariyat qismi Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydoni ajratib berish va yashab turgan o‘z honadonlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yoki yer maydonlarini o‘lchab berishni so‘rab murojaat qilishgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida tadbirkor va fuqarolar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish bo‘yicha kelgan murojaatlari fuqaro ko‘rsatgan yer maydonlari  VMning 2019 yil 20 dekabrdagi 1023 sonli qarori bilan tasdiqlangan   Nizomga asosan “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotlarga yuborilib, hozirgi kunda ijobiy xulosalar olingan  yer maydonlari “E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchalariga  chiqarish jarayonida.

Shuningdek fuqarolar tomonidan yer maydonlarini qayta o‘lchab berish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar yuzasidan Kadastr mutaxassislari tomonidan o‘lchov ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlar joyiga borilgan holda va sayyor qabullar davomida ijobiy hal etilib kelinmoqda.

Yana shani takidlab o‘tish kerak tadbirkor va fuqarolar murojaatlari Kadastr agentligi rahbariyati va Sirdaryo viloyat boshqarma boshliqlari nazoratida.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan