Sirdaryo viloyatida o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olish 1076 taga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan 1076 ta holatda 30.20 gektar yer maydonlaridan fuqarolar va mansabdor shaxslar noqonuniy tarzda foydalanib kelayotganligi aniqlandi. 

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tahliliga ko‘ra:

uy-joy qurish uchun – 252 ta holatda (8.72 gektar) 

noturar joy qurish uchun – 757 ta holatda (8.55 gektar) 

dala-tomorqa va boshqa maqsadlar uchun – 67 ta holatda (12.92 gektar)  foydalanilayotganligi aniqlandi.

Fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 294 ta (10.44 gektar) yer maydonida qonunbuzilish holatlari aniqlanib bartaraf etildi. 

Qolgan 783 ta (19.74 gektar) qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga maʼlumotlar taqdim etildi.

Eslatma:  Yerga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan 18 avgustdan boshlab  «Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan konuniy huquklari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish” uchun fuqarolarga BHMning yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan