YERGA OID QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

(O‘RQ–708 -son (https://lex.uz/pdfs/5580329), 16.08.2021y)

Xususan, O‘zbekistan Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chikishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini ko‘llashga Kadastr agentligi direktori va o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliklari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlariga ruhsat berildi.

➡️Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-moddasida: “Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish” uchun fuqarolarga BHMning yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish” uchun fuqarolarga BHMning bir yuz ellik baravari mansabdor shaxslarga uch yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi kaytarilsa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

☑️ Xuddi shunday, MJtKning 60 prim 1-moddasida: “Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakta to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi” uchun fuqarolarga BHMning yigirma baravari mansabdor shaxslarga ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

☑️ MJtKning 68 prim 1-moddasida: “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huqukni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchuy uz vaktida murojaat etmaslik” uchun fuqarolarga BHMning o‘n baravari mansabdor shaxslarga o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

☑️ Bundan tashqari, MJtKning 69-modda: “Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘k kilish yoki shikastlantirish” uchun (bundan qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) fuqarolarga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan