Loqaydlik, beparvolik va nafsni tiyolmaslik mudhish oqibatlarga sabab bo‘lishi eslatib o‘tildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Komplayens-nazorat xizmati tomonidan Agentlikning Sirdaryo viloyat boshqarmasida «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Kadastr agentligining Komplayens-nazorat xizmati rahbari Baxtiyor Shomansurov, Davlat kadastrlari palatasi Komplayens-nazorat xizmati rahbari Sunnatilla Ahmedov bilan hamkorlikda Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi, Guliston shahar bo‘limi va filiali xodimlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.  

Tadbirda soha xodimlariga korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, uning salbiy oqibatlari, kasb hamda kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari tushuntirildi.

Islohatlarga to‘siq bo‘layotgan korrupsion holatlar va salbiy voqealardan tegishli xulosa chiqarmas ekanmiz, o‘zimiz va yaqinlarimiz, qolaversa mehnat jamoasining nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishga va tizimning obro‘sizlanishiga olib kelishi mumkinligini, bu kabi noqonuniy harakatlar esa har bir shaxs va jamoaning rivojiga juda katta to‘siq bo‘ladi.

Shuningdek, kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar va xodimlar o‘zlariga xulosa qilishlari lozimligi, loqaydlik, beparvolik va o‘z nafsini tiyolmaslik barcha mudhish oqibatlarga sabab bo‘lishi eslatib o‘tildi.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan