Sirdaryoda 31,33 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangan

Sirdaryoda shu yilning 8 oyi mobaynida 1188 ta 31,33 gektar yer maydonlari o‘zboshimcha egallab olinganligi aniqlangan.

Shundan 310 ta holatda 10,87 gektar yer maydonlaridagi noqonuniy qurilishlar bartaraf etilgan. Qolgan 878 ta holatni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga ma’lumot taqdim etilgan.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari tahlil qilinganda Boyovut tumanida  21 ta holatda 6,19 gektar, Guliston tumanida 75 ta holatda 2,92 gektar, Mirzaobod tumanida 185 ta holatda 8,72 gektar, Oqoltin tumanida 193 ta holatda 2,22 gektar, Sardoba tumanida 426 ta holatda 3,37 gektar, Sayxunobod tumanida 20 ta holatda 3,59 gektar, Sirdaryo tumanida 80 ta holatda 1,46 gektar, Xovos tumanida 92 ta holatda 0,35 gektar, shuningdek, Guliston.  Yangiyer, Shirin shaharlarida ham bir qancha yer maydonlari noqonuniy egallangan.

Eslatib o‘tamiz, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlari tomonidan noqonuniy qurilishlar aniqlanib, yer qonun buzilish holatlarini sodir etgan shaxsga rasmiy ogohlantirish berilgandan so‘ng, 15 kun muddatda qonun buzilish holati bartaraf etilsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi. 15 kun muddatda bartaraf etilmaganda MJKtning 60-moddasi, birinchi qismiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan