33 916 ta ko‘chmas mulkga bo’lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga elektron dastur orqali ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 33916 ta ariza kelib tushdi.

▪️Shundan 29 003 ta ko‘chmas mulk obyektining xuquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

▪️Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun arizalar kelib tushgan va xozirda to‘lov amalga oshirish jarayonda – 2203 ta

▪️DKP viloyat boshqarmasi tomonidan asoslantiruvchi sabablarga ko‘ra rad etilgan arizalar soni – 1358 ta

▪️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan biroq Davlat xizmatlari orqali rad etilgan – 1310 tani tashkil etmoqda.

▪️Hozirgi kunda 23 ta yangi murojaat kelib tushgan bo‘lib 19 ta murojaat qabul qilindi va xuquqiy asoslari tekshirilib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan