Korrupsiyaga befarq bo‘lmasligimiz kerak

Hozirgi kunda davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlikning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi namoyon bo’lmoqda.

Qanchadan qancha rahbarlar va tadbirkorlar o‘zlarining qilmishlariga yarasha jazo oldilar va eng muhimi bu holatlar OAV orasida keng yoritilib borimoqda. Bundan bir necha yil oldin bundey qing‘ir ish uchun jazo belgilanganda bu ishlar ochiqdan ochiq oshkor qilinmasdi, va natijada xalq nima uchun u yoki bu rahbar, tadbirkor ishdan ketganiga turli taxminlarni bildirardi.

Lekin bu kurashda biz ham befarq bo‘lishimiz kerak emas. Yangicha fikrlashga tezroq o‘tishimiz kerak, korrupsiyaga undovchi omillarni ochiqchasiga muhokama qilib biz ham umumiy kurashga qo‘shilishimiz kerak. Maishiy korrupsiyaga befarq bo‘lmasligimiz zarur.

Endi vaziyat o‘zgardi. Ochiqlik prinsipi eʼlon qilindi.Endi aybdorlar nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilyapti, balki butun xalq oldida ismi va kirdikorlari oshkor etilib, tegishli bahosi berilyapti. Ushbu jinoyatlarni ochiqdan-ochiq eʼlon qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarni yakuniga yetkazish hamda ularning ildizlariga bolta urishimiz zarur.

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig’i: Alimdjan Maxarov Keldiyevich

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan