“YERELEKTRON” tizimi – yer uchastkalarini sotishda to‘g‘ri tanlov

Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi hamda hududiy organlarning, yerlarni xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, bo‘sh yer uchastkalarini “YERELEKTRON” AATga har oyning 5 va 20-sanalarida joylashtirilishi belgilangan.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar “YERELEKTRON” AATga bo‘sh yer uchastkalarini auksionga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega. Yer uchastkasini tanlash, materiallarni tayyorlash, kelishish va xulosalarni olish 14 ta vakolatli organlar tomonidan «YERELEKTRON» AAT orqali amalga oshiriladi. Ushbu vakolatli organlardan tegishli xulosalar va ruxsat olingandan so‘ng, «E-ijro-auksion» savdo maydonchasiga qo‘yilishi mumkin.

Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yil boshidan buyon o‘tkazilgan xatlov natijasida «YERELEKTRON» AATga 3653 ta bo‘sh yer uchastkalari aniqlanib kiritildi. Shulardan 644 tasi auksion orqali g‘olib deb topilgan. G‘oliblik bayonnomalari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Maftuna Karimova, O‘zA

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan