Kadastr tizimdagi shaffoflikka erishish yo’lidagi mashakkatla

2019 yil 1 yanvardan kadastr bo‘yicha barcha xizmat turlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv xizmatlar portalida amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarning kadastr xodimlari bilan ko‘rishish imkoniyati cheklangani sabab, barcha xizmatlar DXMda elektron tizim orqali qabul qilinishi  yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, yangi namunadagi kadastr pasporti hamda Davlat reyestridan ko‘chirma yaratilib, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jadallashtirilmoqda.

Bu borada byurokratik hamda kog‘ozbozlikka barham berilyapti.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanuvchilarning yer ijara va yerga bo‘lgan huquqlari davlat ruyxatidan o‘tkazilib, reyestr shakllantirildi.

Bunda har bir yerdan foydalanuvchi haqida ma’lumot hamda yer maydonining to‘liq tafsiflari kiritilgan ochiq geopartal ham tuzildi.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan