KORRUPSIYA – MILLAT TARAQQIYOTINING KUSHANDASI

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig’i A.Maxarov boshchiligida viloyat agentlik boshqarmasi,Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va Guliston shahar bo’lim ham filial hodimlari o’rtasida Oʼzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonunni oʼrganish, qonun mazmuni bilan toʼlaqonli tushuntirish ishlari olib borish, korrupsiya jinoyatlar, taʼmagirlik va poraxoʼrlik jinoyatlarini oldini olish, barcha ishchi xodimlarni ogoxlantirish, qonun va qonun osti hujjatlari mazmunini oʼrganish, korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida doimiy ravishda suhbat olib borish, filial xodimlariga biron bir fuqaro tomonidan pora taklif qilinganda, darhol qonunni ximoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilishlarini va korrupsiyaga qarshi kurashganliklari uchun ragʼbatlantirilishlari toʼgʼrisida tushuncha berib oʼtdi.

Shuning bilan bir qatorda Agentlik va Palata filialdagi barcha hodimlar ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, hodimlar orasida o`zaro nizo kelib chiqmasiligini oldini olishni, barchaga bir xil muomalada bo`lib, o`z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarilishi kerakligi, boshqarma tomonidan kelayotgan topshiriq va vazifalarni o`z muddatida kechiktirmagan holda, asoslantirilgan javob hatlari bilan ilovalarga muvofiq javob berilishi kerakligi haqda aytib o`tdi. Shunindek barcha hodimlarga ish joyiga ogoxlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, ijro-intizomini buzmaslik, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik tog`risida to`xtalib o`tti.

Oʻzbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taminlash, koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishada mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning xayoti va sogʻligini muxofaza qilish maqsadida qabul qilingan boʻlib, unga koʻra, davlat muassasalarida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarini qabul qilish, xamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, imkon qadar onlayn rejimga oʻtilishi, idoraviy boʻysinuvi va tashkiliy huquqiy shaklidan qatiy nazar barcha tashkilotlar asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda, hodimlarni mehnat taʼtiliga chiqarishlari kerakligi shuningdek, ish joylarida hodimlarning tana xaroratini oʻlchash va tana xarorati yuqori boʻlgan hodimlarning ish joyida boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ushbu hodimlar toʻgʻrisida sogʻliqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar berish davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan hodim bilan muloqotda boʻlganlar haqida darxol maʼlumot berish, kasallangan shaxs boʻlgan joylarni darxol dizenfeksiyadan oʻtkazish, hodimlarga izolatsiya rejimida boʻlishga oid talablarga rioya etishda koʻmaklashish kabi chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi haqida taʼkidlab, barcha hodimlarni ogox va extiyotkor boʻlishga, tibbiy niqoblarni va qoʻlqoplardan foydalanish muximligi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy rioya qilish oʻzi xamda atrofdagilar xavfsizligi uchun zarurligi, antiseptik vositalardan tez tez foydalanishlari haqida qatiy ogoxlantirildi.

Ushbu masalalar yuzasidan hozirgi kunda barcha tuman va shahar bo’lim va filiallari hodimlari o’rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan