Sirdaryoda 1263 ta noqonuniy qurilmalar aniqlandi

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi inspektorlari tomonidan 1263 ta holatda 32,88 gektar yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilayotganligini aniqladi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tahlillarga ko‘ra qishloq xo’jaligi yer maydonlarida 161 ta 18,45 gektar, noqishloq xo’jaligi yer maydonlarida 1102 ta.

Shundan;

🏠 281 ta holatda 9,42 gektari uy-joy qurish uchun;
🏪 891 ta holatda 9,70 gektar noturar joy qurish; uchun;
🏞 91 ta holatda 13,76 gektar dala tomorqa va boshqa maqsadlar uchun;

✅ O‘zboshimchalik bilan egallangan 344 ta qonun buzilishi holatlari joyida bartaraf etildi.

⏳919 та noqonuniy holatlar bartaraf etish jarayonida.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan