Yer nazorat ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi» talablaridan kelib chiqib, Shirin shahar, Do‘stlik MFY xududida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarining oldini olish maqsadida Kadastr agentligining Shirin shahar bo‘limi nazoratchilari tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida fuqaro I.Bayzakova tomonidan ko‘p qavatli turar joyning orqa tomonida joylashgan bo‘sh yer maydonida noqonuniy ravishda noturar binolar quririlganligi aniqlangan.

Mazkur holat o’z vaqtida to’xtatilib, fuqaro nisbatan inspektorlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan va rasman ogohlantirilgan.

Natijada o’zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni fuqaroning o’z hohishiga ko’ra joyida bartaraf etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan