Mulk huquqi to’g’risida ma’lumotlar

Insonda tug‘ilishi bilan vujudga keladigan oliy huquqlar mavjud bo‘lib, huquq nazariyasida tabiiy huquqlar sifatida eʼtirof etiladi. Yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik kabi bunday tabiiy huquqlar safiga mulk huquqini ham kiritish xato bo‘lmaydi. Huquq normalarida garchi mulk huquqi iqtisodiy huquqlar turkumiga kiritilsada, lekin insonlarning hayoti va turmush tarzida tutgan o‘rni va ahamiyati, faol ishtiroki ushbu huquqning tabiiy huquqlar bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.Mulk huquqi – shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.

“Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” 17-moddasining 1-qismiga ko‘ra har bir inson yakka holda, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga ko‘ra har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.“Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”ning 17-moddasi 2-qismiga ko‘ra hech kim zo‘ravonlik bilan o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas. Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan o‘zlarini saqlashlaridan iboratdir. Mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Konstitutsiyasining 53-moddasiga ko‘ra davlat isteʼmolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan