Sirdaryoda mahallalar xatlovdan o‘tkazilmoqda

Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab hozirgi kunga qadar Sirdaryo viloyati hududidagi jami 236 mahalladan 33 tasi to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Bu haqda viloyat kadastr boshqarmasi Kun.uz‘ga maʼlum qildi.

Ushbu xatlov mobaynida 12 ming 726 ta turar 1 ming 435 ta noturar joylar o‘rganilgan. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan 2677 ta obyekt aniqlanib, fuqarolarga ogohlantirish xati berildi.

Maʼlumot uchun, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik uchun fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan