Kadastr pasportini tayyorlash ob’ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi

a) ko’chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo’yicha:
ko’p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

b) ko’chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo’yicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo’yicha — 3 ish kunigacha.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan