Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

Bunday harakatlar:

🔘 BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);

🔘 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);

🔘 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgacha).

4 oktyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra,hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan