Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining komplayens-nazorat xizmati o‘z faoliyatini boshladi

Nazorat tuzilmalari o‘z tashkilotlarida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasiga Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga Nabijon Abdaliyev Djurabayevich tayinlandi.

Komplayens-nazorat xizmatining asosiy maqsadi tashkilotda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishdan iborat.

Shuningdek Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati shuni maʼlum qiladiki

  • agarda sizlar Kadastr xodimlari tomonidan bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov,
  • shuningdek muayyan xizmat ko‘rsatish talab etish,
  • aldov yo‘li bilan sizga yer ajratib berishni vaʼda qilgan taqdirda yoki noqonuniy kadastr hujjatlarini tayyorlab berish,
  • pulli bajariladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda narxni huquqiy asossiz,
  • shuningdek o‘z manfaatini ko‘zlab o‘zgartirib bajarish va boshqa shu kabi karrupsion holatlarga duch kelsangiz

Zudlik bilan Komplayens-nazorat xizmati xodimining 67 225-98-97 telefon raqamiga yoki @sirdaryo_kadastr telegram botiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan