O’zbekistonga AQSH kongressi vakillari tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo yo‘nalish bilan bir qatorda kongressmenlar vakillik qilayotgan shtatlar – Nebraska, Kolorado va Texas bilan hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlar muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan