Kadastr agentligi tomonidan saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori F.Umarov Kadastr agentligi tomonidan saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan topshiriqlarni ijro etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.

Ushbu topshiriq asosida amalga oshiriladigan ishlarni 2 ta yo‘nalishga bo‘lgan holda olib bormoqdamiz.

Birinchi, bevosita kadastr idoralari faoliyatiga bog‘lik bo‘lgan masalalar, ikkinchi, Saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlarida vakolatli idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar.

Mazkur vazifani bajarish uchun avvalo Kadastr agentligi masʼullaridan iborat doimiy ishchi shtab tashkil qilindi.

Xuddi shunday ishchi shtablar viloyatlar va tumanlar miqyosida tashkillashtirildi.

Ishchi guruhi faoliyati bo‘yicha kunlik monitoring tizimi joriy qilinib, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar, ularni bartaraf qilish masalalari doimiy muhokama qilib borildi.

O‘tgan davr mobaynida:

1. Saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari joriy yil boshidan boshlanib, yil boshidan beri tashabbus asosida (fuqarolarning arizalarisiz) 2 129 162 ta xonadonlarga uy raqamlari berildi. Berilgan raqamlarni xonadonlarga ilish ishlarini tashkillashtirish maqsadida, Kadastr agentligining tuman bo‘limlari tomonidan har bir MFYga raqam berilgan xonadonlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

2. Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolarning yashash manzillarini xatlov qilinadigan turar joy toifasidagi 6 949 596 ta ko‘chmas mulklar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu maʼlumotlar IIVning “Xatlov” va “Manzil” axborot tizimidagi xonadonlarning to‘liq ro‘yxatini va aktual manzillarini taʼminlash maqsadida IIVga taqdim etildi.

Bu ishlarimizda Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk” maʼlumotlar bazasi IIVning axborot tizimlariga integratsiya qilinib, har bir ko‘chmas mulk bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risida onlayn maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun alohida server ajratildi, buning natijasida kunlik 200 mingdan ortiq elektron so‘rovlarga o‘z vaqtida uzluksiz javob berish imkoniyati yaratildi.

3. Tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarga asosan respublika bo‘yicha jami 10 761 ta saylov uchastkasi dislokatsiyasi va chegaralari ArcGIS dasturiga tushirilib, elektron xaritalar yaratildi va saylov uchastkalarining elektron geoaxborot maʼlumotlar bazasi yaratildi.

4. Saylov uchastkalarining elektron geoaxborot maʼlumotlar bazasi SJBAT/SYAER tizimi bilan integratsiya qilinib, har bir saylov uchastkalariga kirgan xonadonlar ro‘yxati to‘g‘risidagi kunlik maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, “Saylov-2021” rasmiy veb-sahifasi bilan ham integratsiya qilinib, rasmiy sahifada saylov uchastkalarining interaktiv elektron xaritasini yaratish ishlari amalga oshirildi.

5. Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalarni va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Davlat personallashtirish markazi va boshqa masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida Saylovchilar ro‘yxati qariyb to‘liq inson omilisiz, elektron tarzdashakllantirilishi taʼminlanmoqda.

6. Joylarda mahalliy hokimliklar, mahalla vakillari, ichki ishlar profilaktika nozirlari hamda hududiy kadastr idoralari xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuzilib, ro‘yxatda shakllanmay qolgan saylovchilarni tegishli saylov uchastkalariga biriktirish uchun saylovchilarning yashash manzili bo‘yicha kadastr raqamlariga aniqlik kiritilib ishchi guruhlarni zaruriy axborotlar bilan operativ taʼminlash choralari ko‘rib borilmoqda.

7. Saylovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Saylovharitabot maxsus Telegram bot dasturi ishlab chiqildi. Ushbu bot dasturi yordamida saylovchilar o‘zlarining saylov uchastkalarini aniqlash va borish yo‘llarini bilib olishlari mumkin. Bugungi kunda ushbu Telegram bot dasturidan 300 mingdan ortiq saylovchilar foydalanishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan