AUKSION XARAJATLARI QISMAN QOPLANISHI MUMKIN

⚜️Ayrim shaxslarga yer uchastkalarini auksion orqali sotib olish xarajatlari qisman qoplab berilishi kutilmoqda!

🔷Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasiga ko‘ra, (https://regulation.gov.uz/uz/d/50623) alohida toifadagi fuqarolar tomonidan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib olinishida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilanadi.

💠Loyihada: harbiy xizmatdagi faoliyati paytida halok bo‘lgan xizmatchilarni oilalariga, tabiiy va texnogen, favqulodda vaziyatlar oqibatida turar joyini yo‘qotgan shaxslar auksion orqali sotib olgan yer uchastkasini to‘liq yoki qisman qoplash;

🔷Qoplab berish :Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika, Viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) byudjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi, mahalliy hokimliklar tasarrufidagi ijtimoiy jamg‘armalar mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan