Kadastr xodimlari murojaatlarni manzilli o‘rganishni davom etmoqda

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga Prezident hamda Xalq qabulxonalaridan 327 ta murojaat kelib tushgan. Kadastr xodimlari tomonidan ushbu murojaatlarning 317 tasi ko‘rib chiqilib, shundan 245 tasi qanoatlantirildi, 12 ta murojaatchilarga huquqiy tushuntirish berish yo‘li orqali hal etilgan. Shu bilan bir qatorda 54 ta murojaatlar kadastr sohasiga oid masalalar bo‘lmaganligi sababli rad etildi va 6 ta murojaat takroriy kelib tushganligi aniqlandi. Hozirgi kunda yangi 10 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib o‘rganish jarayonida.

Kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratish, chegaralarga aniqlik kiritib berish, kadastr hujjati va mulk huquqini eʼtirof etish va shu kabi masalalarni bo’yicha kelib tushgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan