Barcha yerlar faqat auksion orqali beriladi

Prezidentimizning joriy yilning 8 iyundagi «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan yer endi faqat auksion orqali beriladi. Bu bilan tanish-bilishchilik va korrupsiyaning oldini olishga, shuningdek, yer bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yiladi.

— Shuningdek, turar joylari buzilishga tushgan, kam taʼminlangan oilalarga yer to‘g‘ridan-to‘g‘ri bepul berilmaydi, aksincha, auksiondan yer sotib olish xarajatlari qoplab berilish tizimi joriy etiladi. Qishloq xo‘jaligidagi yerlarni ajratishda yangi tartib joriy etiladi. Yer barcha fuqaro va tashkilotlarga ochiq tanlov asosida beriladi. Shu paytga qadar amaldagi qonunchilikka ko‘ra dehqon xo‘jaliklar uchun yer tanlovsiz berilar edi.

Yer ajratish va undan foydalanishda nazorat kuchaytirilgan. Endilikda qishloq xo‘jaligi yerlarining ijarasi bo‘yicha ochiq tanlov yakuni viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadi. Shuningdek, ijara shartnomasi elektron shaklda, yaʼni tuman hokimligi va auksion orqali yer olgan g‘olib o‘rtasida tuziladi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur farmonining qabul qilinishi yer bilan bog‘liq qonunbuzarliklarning oldini olish, yer barchaga bir xil shaffof tartibda ajratilishiga xizmat qiladi deydi Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig’i Alimdjan Maxarov.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan