Kadastr agentligining quyidagi xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanishingiz mumkin

HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining quyidagi xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz orqali foydalanishingiz mumkin:

1. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

2.Kadastr pasportini shakllantirish;

3.Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

4.Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

5.Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

6.Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

7. Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

8. Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

9. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

10. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);

11. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan