Kadastr agentligining funksiyalari kengaytirildi

DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq qabul qilindi.

Hujjat bilan ro‘yxatning nomi yangi tahrirda qabul qilindi: DSQ huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar ro‘yxati.

Shu bilan birga DSQ huzuridagi Kadastr agentligiga quyidagi umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish topshirildi:

•    sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini ta’minlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) yaratish;
•    davlat fundamental gravimetrik tarmog‘idan va 1-sinf davlat gravimetrik tarmog‘idan iborat davlat gravimetrik tarmog‘ini yaratish;
•    gravimetrik zichlashtirish tarmoqlarini qurish yo‘li bilan davlat gravimetrik tarmog‘ini rivojlantirish;
•    davlat gravimetrik tarmog‘i punktlarini tadqiq etish va tiklash;
•    kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish;
•    ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni olib borish;
•    geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan