Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik uchun ko’riladigan chora

– O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 68- prim 1- moddasiga asosan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga (Davlat kadastrlari palati, hududiy boshqarmalari, tuman shahar filiallariga) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik” fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravari, mansabdor shaxslarga esa o’n besh baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar yuqoridagilardan kelib chiqib ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o’z vaqtida davlat ro‘yxatidan o’tkazishingizni so’raymiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan