Kadastr tomonidan 6008 ta yer uchastkalari auksionda sotildi

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kadastr idoralari tomonidan “Yerelektron” tizimiga 54 474 ta 22 045 gektar bo‘sh yer uchastkalari kiritildi.

Shundan vakolatli organlar tomonidan:

14 567 ta yer uchastkalari rad etildi;

24 686 ta yer uchastkalari ko‘rib chiqilmoqda;

15 839 ta yer uchastkalari bo‘yicha ijobiy xulosa berilib, “E-Ijro auksion” (https://e-auksion.uz/home) orqali auksionga chiqarildi.

Auksionga chiqarilgan 6008 ta 444 gektar yer uchastkalari auksionda sotildi.

Joriy yil 1-oktabr holatiga 20 462 ta yer uchastkalari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan