Asaka tumanida Kadastr va Soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda jami bo‘lib, 21 551 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgustdagi “Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan,

Asaka tumanida Kadastr va Soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda jami bo‘lib, 21 551 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi (33 ta mahalla).

Shundan, 4 464 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va 16 717 tasi ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, 7 431 ta obyekt egalari tomonidan to‘langan soliq summalari o‘rganildi.
Jumladan:
15 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 3 262 tani;
11-14 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 697 tani;
6-10 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 458 tani;
1-5 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 014 tani tashkil etmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Asaka tumanida tashkil etilgan «Shtab» tomonidan kunlik tahlil qilinib kunbay nazorat olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan