Yerlar ochiq auksionga chiqariladi va qaysi tadbirkor uyning narxini arzon qilib berish majburiyatini olsa unga afzalliklar beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga bir oy muddatda har bir hududda kamida 3 tadan yer maydonlarini aniqlab, jami 40 ta uy-joy massivi barpo etish bo‘yicha tanlovlarni boshlash topshirig‘i berildi.

Bunda yerlar ochiq auksionga chiqariladi va qaysi tadbirkor uyning narxini arzon qilib berish majburiyatini olsa unga afzalliklar beriladi.

Mas’ullarga bir oy muddatda kompleks rivojlantirish tamoyili asosida ushbu hududlarning bosh reja loyihasini ishlab chiqish, viloyat hokimlari bilan birga, yil yakuniga qadar “Shaffof qurilish” platformasida yuqori o‘rinlardagi qurilish korxonalari o‘rtasida tanlov o‘tkazib pudratchilarni aniqlash vazifasi topshirildi.

“Yangi O‘zbekiston massivlari”ni barpo etish uchun, kelgusi yilda 15 trillion so‘m ajratilishi zarurligi aytildi. Bunda:

– ko‘p qavatli uy-joy qurilishini investorlar o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi;

– davlat yer ajratish va aholiga ipoteka kreditini berish majburiyatini oladi;

– ipoteka kreditini berish uchun banklarga byudjetdan auksion asosida resurs ajratiladi. Bunga Moliya vazirligi tomonidan 20 yil muddatga 11 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

– Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va Moliya vazirliklari ehtiyojmand aholiga subsidiya beriladigan uy narxini belgilaydi;

– 2022 yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlang‘ich badal va foizlarni subsidiyalash uchun byudjetdan 1,5 trillion so‘m ajratiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan