Kadastr obyektiga taqiqni onlayn tekshiring

My.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/471)da kadastr obyektiga taqiqni tekshirish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirilgan.

Topgan-tutganini yig‘ib, o‘zaro ishonch shartnomasi asosida uy-joy sotib olish niyatingiz bor. Erta-indin notarius idoralariga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilinsa-yu, obyektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, yana ovoragarchiliklar boshlanadi.

Bularning barchasi bo‘lmasligi ham mumkin. Shartnoma tuzishdan avval my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/471) orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshiring.

Va albatta oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring, shuningdek ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazishni unutmang.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan