Daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida faol ishtirok etaylik !

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 2-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari hamkorlikda ekologik muhitni yanada yaxshilash, xodimlarning salomatligini saqlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etdilar.

Sohadagi har bir xodimning kamida 5 ta manzarali yoki mevali daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarishlash to‘g‘risidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida ham manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari olib borildi.

Shuningdek Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig’i Alimdjan Maxarov hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig’i Nodirjon Ismailov «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol ishtirok etdi.

Bu borada, viloyat markazidan tortib to chekka tumanlar hududlarida ham hasharlar tashkil etilib, har bir tashkilot ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan