Kadastr pasportini shakllantirish uchun 50% chegirma beriladi

Kadastr pasportini shakllantirish uchun 50% chegirma beriladi

🔵2021-yil 1-noyabrdan “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50% lik chegirma beriladi.

🔵Shuningdek, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) va davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatiladigan 50% lik chegirmaga ega xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Bular orasida:

💠Kadastr pasportini shakllantirish;

💠O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

💠Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

💠Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish – kabi 56 ta xizmat turlari mavjud (https://telegra.ph/50-foizlik-chegirma-11-01).

🔵My.gov.uz manzilida ushbu imtiyozlardan 24 soat davomida elektron foydalanish imkoniyati bor.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan