“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Qonunga ko‘ra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

👉 yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;

👉 fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YATTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);

👉 xususiylashtiriladigan davlat obyektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);

👉 bo‘sh turgan yerlar.

☑️ Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

➖ umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

➖ yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

➡️ Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilgan).

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

❕Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart.

✅ Quyidagilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

● xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;

● yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

● yerda joylashgan ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

● aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

● davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror mavjudligi;

● xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

● arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

● xususiylashtiriladigan yer puli to‘lanmaganligi.

🚫 Xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi.

☑️ Yerga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun to‘lov qilinganidan so‘ng 1 ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

🔘 Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qo‘yish mumkin:

➖ yerga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda;

➖ yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);

➖ yer musodara qilinganda;

➖ yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).

⚠️ Xususiylashtirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga o‘tkazish) qilish Qonundan chiqarib tashlandi.

▫️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan