Yana bir o’zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi qurilishlar o’z vaqtida to’htatildi

O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi» talablaridan kelib chiqib, Guliston shahar, Navbahor MFY hududida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarining oldini olish maqsadida Kadastr agentligining Guliston shahar bo‘limi nazoratchilari tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida fuqaro tomonidan noqonuniy do’kon va go’sht do’koni uchun qurilish ishlari boshlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat o’z vaqtida to’xtatilib, fuqaro nisbatan inspektorlar tomonidan O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi tushuntirildi va rasman ogohlantirilgan.

Natijada o’zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni ogohlantirishdan so’ng 15 kun muddat ichida fuqaroning o’z xohishiga ko’ra bartaraf etilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan