Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi

Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

🏢 ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🏡 yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

● umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
● ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan