Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan videoselektr bo’lib o’tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Kadastr agentligi rahbar hamda xodimlari ishtirokida ZOOM orqali videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelajakdagi rejalar” mavzusi yuzasidan bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish va oldini olish, ularning oqibatlari, shuningdek imkon beruvchi sabablari muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan