Yer va kadastr nazorati bo’limi tomonidan yil boshidan hozirgi kungacha amalga oshirilgan ishlar

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Yer va kadastr nazorati bo’limi tomonidan yil boshidan hozirgi kungacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot.

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida viloyatimizda 1352 ta holatda 35,47 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Jumladan, 291 ta (9,19 gektar) holatda uy-joy qurish, 968 ta (10,18 gektar) holatda noturar joy qurish, 93 ta (14,10 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanib kelinyotganligi aniqlangan.

Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida, 1352 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 358 tasi (11,10 gektar) bartaraf etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan